Maxfiylik siyosati









Sizning maxfiyligingiz biz uchun juda muhim. RE/MAX siyosati veb-saytimizga tashrif buyuruvchilarning maxfiyligini hurmat qilish va himoya qilishdan iborat. Ushbu maxfiylik siyosatining maqsadi sizga biz to'playdigan ma'lumotlarning turi va undan qanday foydalanishimiz haqida ma'lumot berishdir. RE/MAX foydalanuvchilar to'g'risida individual ravishda identifikatsiya qilinadigan ma'lumotlarni yig’maymiz. Agar siz elektron pochta xabari orqali yoki saqlangan qidiruv funksiyasidan foydalanmasangiz, biz shaxsiy ma'lumotlarni veb-saytimizda yig’maymiz. Garchi siz bizga ma'lumot berishni istaganingizda ham, biz uni maxfiyligini saqlaymiz va sizning elektron pochta manzilingizni uchinchi tomonga bermaymiz. Veb-saytga tashrif buyurilganda, biz tomondan faqatgina alohida foydalanuvchilarni aniqlamaydigan ba'zi birlamchi ma'lumotlarnigina yig'amiz. Bunga saytga tashrif buyuradigan trafik miqdori, qaysi sahifalar va qancha vaqt davomida tashrif buyurilganligi, tashrif buyuruvchilar qayerdan kelganligi va ular qanday ISP dan foydalanayotgani kiradi. Biz to'plagan ma'lumotlardan veb-saytimizning sifatini yaxshilash, taklif qilayotgan ma'lumotlarni yaxshilash yoki moslashtirish hamda saytimizdagi vaqtingizni iloji boricha qimmatli va samarali bo’lishi uchun foydalanamiz.


Boshqa veb-saytlarga havolalar.

Shuni yodda tutingki, sizni uchinchi tomon veb-saytlariga olib boradigan havolalarni bosganingizda, siz ularning tegishli maxfiylik siyosatiga bo'ysunasiz. RE/MAX Internetda maxfiylikni himoya qilishni qo‘llab-quvvatlasa-da, RE/MAX uchinchi shaxslarning harakatlari uchun javobgar bo‘la olmaydi. Har qanday veb-sayt bilan aloqada bo'lganingizda e'lon qilingan maxfiylik bayonnomasini o'qib chiqishingizni tavsiya qilamiz.


Aniq bo'lmagan ma'lumotlarni to'plashga rozilik.

Bizning veb-saytimizdan foydalangan holda, siz RE/MAX kompaniyasining ma'lumotlaringizni ushbu siyosatda ta'riflanganidek to'plashiga va foydalanishiga rozilik bildirasiz. Agar RE/MAX ushbu maxfiylik siyosatini yangilasa, bunday o'zgarishlar ushbu sahifada e'lon qilinadi. Biz qanday ma'lumotlarni to'plashimiz va ulardan qanday foydalanishimiz haqida doimo xabardor bo'lishingiz uchun ushbu sahifani muntazam ravishda ko'rib chiqishingizni tavsiya qilamiz.