RE/MAX agenti sifatida siz ega bo’ladigan afzalliklar
Kuchli brend
100 000 dan ortiq agentlar dunyoga mashhur RE/MAX havo shari logotipi ostida 95 dan ortiq mamlakatlardagi 6 700 dan ortiq ofislarda ishlaydi. Birinchi raqamli ko'chmas mulk kompaniyasi o’laroq hech kim dunyo bo'ylab bizdan ko'proq ko’chmas mulk sotmaydi.
Korporativ madaniyat va tarmoq
Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun: RE/MAXda biz o‘zimizni yagona ulkan jamoa sifatida ko‘ramiz. Bizning agentlarimiz bir-birlari bilan tarmoq orqali ulangan, bir-birlariga yordam berishadi va o'z g'oyalari va tajribalarini raqamli ravishda hamda mahalliy, milliy va xalqaro uchrashuvlarimiz va tadbirlarimizda ham baham ko'rishadi.
Malakaviy treninglari
RE/MAX agenti sifatida siz karerangizning har bir bosqichida birinchi darajali ta'lim imkoniyatlaridan bahramand bo'lasiz. Turli xil o'quv dasturlari har bir shaxsda eng yaxshi narsalarni yuzaga chiqarish, ko'nikmalar, strategiyalar va qimmatli bilimlarni berish, natijada muvaffaqiyatingizni oshirish uchun mo'ljallangan.
Marketing
100 000 dan ortiq agentlar dunyoga mashhur RE/MAX havo shari logotipi ostida 95 dan ortiq mamlakatlardagi 6 700 dan ortiq ofislarda ishlaydi. Birinchi raqamli ko'chmas mulk kompaniyasi sifatida hech kim dunyo bo'ylab bizdan ko'proq mulk sotmaydi.
Texnologiya
Sizning back-ofisingiz bizning yuqori professional texnologiyamiz bilan jihozlangan bo'lib, u sizni faoliyatgizning barcha sohalarida foydalanishga tayyor platformalar va tizimlar bilan qo'llab-quvvatlaydi.
Umumiy bilimlar hovuzi
RE/MAX oilasining bir qismi sifatida siz bizning butun tarmog'imizning birlashtirilgan nou-xausidan foydalanasiz. Boshqa agentlardan o'rganing va o'z tajribangizni boshqalar bilan bo’lishing. Biz birgalikda kuchlimiz!
Biznesda o'zingiz uchun, lekin yolg’iz o'zingiz emas
RE/MAX agenti sifatida siz mustaqil ravishda ishlaysiz, lekin har doim global tarmog'imiz yordamiga tayanishingiz mumkin. Biz sizga maksimal moslashuvchanlikdan bahramand bo'lishingiz va o'zingizning muvaffaqiyatli biznesingizni yaratishingiz uchun asos yaratdik.
Hamkorlik
Boshqa agent hamkasblaringiz bilan birga ishlang! Biringizdan xaridor, ikkinchingiz esa sotuvchini nazorat qiladi. Mijozlaringiz uchun maksimal darajada qoniqish va siz uchun tezroq daromad!