RE/MAX - dunyodagi eng yirik ko'chmas mulk tarmog'i
1973-yilda tashkil etilgan RE/MAX dunyoning 100 ga yaqin mamlakatlarida 100 000 dan ortiq sotuvchilari bor bo’lgan franshiza asosida egalik qilinadigan va boshqariladigan ofislardan iborat dunyodagi eng yirik koʻchmas mulk tarmogʻiga aylandi. Bugungi kunda RE/MAX Yevropa va butun dunyoda eng taniqli ko'chmas mulk brendlaridan biri hisoblanadi.
RE/MAX ning muvaffaqiyatga erishish siri bu asosiy e’tiborning odamlarga – mijozlarga, agentlarga, brokerlarga/biznes egalarga qaratilganligidir. Agent va brokerlar/biznes egalarini eng yaxshi vositalar, qimmatli yordam va ta’lim imkoniyatlari bilan ta’minlab, RE/MAX barcha mijozlariga doimiy yuqori standartli hizmatlar ko’rsatilishini ta’milnaydi, Bundan tashqari, mijozlar ham, agentlar ham xalqaro miqyosda uylarni sotib olish va sotishni soddalashtiradigan mukammal xalqaro tarmoq va ofislar o'rtasidagi hamkorlikdan foydalanadilar.
Hammasi bir parcha qog'ozdagi orzu va reja bilan boshlangan.
Hammasi 1973 yilda asoschilar Deyv va Geyl Liniger tomonidan ko'chmas mulk bozorida inqilob yaratgan "Ko'chmas mulk maksimal" (Real Estate Maximum) kontseptsiyasini joriy qilish bilan boshlandi. G'oya oddiy edi: RE/MAX brendi ostida turli raqobatdosh ustunliklarni taqdim etish orqali eng yaxshi ko'chmas mulk agentlarini jalb qilish. Hamkorlar uchun yaxshiroq komissiya rejalari, noyob o'qitish tizimi va eng so'nggi texnologiyalar RE/MAX ni ishga tushirishga yordam berdi. Ushbu g'oya juda muvaffaqiyatli bo'ldi va bizga ko'chmas mulk bo'yicha mutaxassislarning keng xalqaro tarmog'iga aylanishimizga imkon berdi.
Oilaviy biznes RE/MAXni Yevropada birinchi raqamga olib chiqdi
1995 yilda Valter Shnayder va Frank Polzler RE/MAX havo sharini Yevropaga uchib, Shveytsariyaning Zug va Avstriyaning Vena shahrida Yevropa shtab-kvartirasini tashkil etishdi. Ular 1980-yilda RE/MAX’ning Kanada bozorini egallash va 15 yildan keyin esa Yevropaga kengayish jarayoninig asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib xizmat qildilar.
Surat: Frank J. Polzler, Maykl Polzler, Valter Shnayder
Bugungi kunda ularning oilaviy biznesi butun dunyo bo'ylab RE/MAX ning 30 foizini tashkil qiladi. Ko'chmas mulk fahriylari oilasida tug'ilgan Maykl Polzler hozirgi kunda RE/MAX Europe boshqaruv direktori vasifasini bajarib kelmoqda. Sinalgan tizimni qo'llab, o'zining tadbirkorlik ruhi va qarashlarini qo'shgan holda, Yevropadagi RE/MAX tarmog’ini butun qit'aning 32 mamlakatida faoliyat yurituvchi 14 000 dan ortiq agentlarni qamrab olgan tarmoqqa aylantirdi.
Sanoatdagi eng samarali va novator ko'chmas mulk mutaxassislari bo'lib qolish
Maykl Polzlerning xarizmatik liderlik salohiyati tarmoqning uzluksiz o'sish va Yevropada ko'chmas mulkni sotish usulini o'zgartirishga qaratilgan qarashlariga yo'l ochmoqda. RE/MAX agentlik hamkorligi va innovatsiyalar orqali sanoatni professionallashtirish tarafdori.